Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar tomonidan davlat organlariga videoaloqa orqali murojaat qilish platformasi yaratiladi
Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish tizimi yaratiladi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Mahallalar tomonidan hal qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning ro‘yxatini tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yish va mahallaning alohida jamg‘armasini tashkil etish hamda uni shakllantirish manbalarini belgilash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan davlat organlariga videoaloqa orqali murojaat qilish platformasini yaratish mo‘ljallanmoqda. Bunda O‘zbekiston prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi xalq qabulxonalarining mahallalar bilan samarali aloqalari yo‘lga qo‘yiladi, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish amaliyoti ishlab chiqiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida 2022-2023 yillarda 70-80 foiz qabul qilishni ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024