Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Donbassdagi Rossiya fuqarolarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev «Ukrainani rejali ravishda Rossiyaga qarshi harbiy platsdarmga aylantirayotgan» AQSh va NATOning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanmoqda.
Foto: TASS
Moskva Kiyevning Donbassdagi har qanday ehtimoliy ig‘vogarliklariga javob qaytaradi va Ukraina sharqidagi o‘z fuqarolarini himoya qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ana shunday bayonot bilan chiqdi.
«Ukrainadagi nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun sa’y-harakatlarni davom ettiramiz. Kiyevning Donbassga qarshi har qanday ehtimoliy harbiy ig‘vogarliklariga munosib javob qaytariladi», — dedi u.
Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi vaziyat Rossiyani xavotirga solmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev «Ukrainani rejali ravishda Rossiyaga qarshi harbiy platsdarmga aylantirayotgan» AQSh va NATOning qo‘llab-quvvatlashidan foydalanmoqda.
Lavrovning ta’kidlashicha, Ukrainaga g‘arb mamlakatlari tomonidan qurol berilishi katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefonda muloqot qildi. Amerika prezidenti Rossiya agressiyani davom ettiradigan bo‘lsa, jiddiy sanksiyaga uchrashi va Ukrainaga harbiy yordam kuchaytirilishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
12:24 / 22.05.2025