Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar ommaviy janjal yuzaga keltirdi
Rossiya poytaxti Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muhojirlar o‘rtasida ommaviy janjal yuzaga kelgan. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib «Interfaks» xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, uch nafar o‘zbekistonlik hamda o‘nlab qirg‘izistonliklar Moskvadagi Tekstilshik tumani hududidagi Grayvoronovskaya ko‘chasida o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan. Oqibatda uch kishi pichoq zarbidan yaralangan. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.
Janjal sabab 10 kishi qo‘lga olingan va ularga nisbatan chet el fuqarosining Rossiyada bo‘lish tartibini buzganlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bunday ayblov bilan muhojir 5 ming rubl jarimaga tortilishi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Shuningdek, pichoq bilan tanaga og‘ir jarohat yetkazganlar ustidan jinoiy ish ochilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025