Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha qiymati 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi
Ma’lumot berilishicha, shartnomada 2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha qiymati 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Onado‘lu agentligi Da Afghanistan Breshna Sherkat energetika kompaniyasiga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, shartnoma Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) ijrochi direktori Hafiz Muhammad Amin va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ raisi Dadajon Isaqulov tomonidan imzolangan.
Shartnoma qiymati 100 mln dollar atrofida bo‘lib, 2 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
DABS delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida «Surxon — Puli — Xumri» elektr uzatish liniyasi loyihasi qurilishini ham muhokama qilgan.
Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston bilan to‘xtatib qo‘yilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish va loyihalar xavfsizligini ta’minlashga va’da bergan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025