Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 ta shaharda O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi yangi konsullik muassasalari tashkil etiladi.
Xususan, Rossiya Federatsiyasining Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonalari ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQShning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan bosh konsulxonalari xodimlari sonini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligi kiritiladi.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
08:50 / 14.01.2025
Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilmoqda
14:30 / 21.10.2024
O‘zbekiston Afrika qit’asining nechta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgani aytildi
14:30 / 30.09.2024