Jahon | 22:03 / 04.01.2022
68559
5 daqiqa o‘qiladi

Kun suratlari: Afg‘onistonda qor, Britaniyada yoz, Qozog‘istonda namoyishlar

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Qozog‘iston shaharlarida gaz narxi oshishiga qarshi namoyishlar

Yangi yilning ilk kunlarida Qozog‘istonning Janao‘zen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 60 tengedan (1 492 so‘m) 120 tengega (3 ming so‘m atrofida) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy miting o‘tkazishdi.

Foto: tengrinews.kz

3 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatga «Janao‘zendagi vaziyatni zudlik bilan iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda huquqiy sohada ko‘rib chiqish» bo‘yicha topshiriq berdi. 

To‘qayev namoyishchilarni muloqotga chaqirdi. «Aqtauda hukumat komissiyasi ish boshladi, uning tarkibiga prezident ma’muriyati xodimlari kiradi. Respublika operativ shtabi doimiy asosda ishlamoqda. Komissiyaga mamlakatimizdagi barqarorlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda yuzaga kelgan muammoning o‘zaro maqbul yechimini topish topshirildi. Huquq-tartibot organlariga jamoat tartibining buzilmasligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Namoyishchilar mas’uliyat va muloqotga tayyor bo‘lishi lozim», deb yozgan Qozog‘iston prezidenti Twitter'da.

Ko‘p o‘tmay hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyishchilar bilan uchrashgani va Mang‘istau oblasti uchun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanishini bildirgani xabar qilindi. Ammo namoyishchilar endi boshqa talablarini bildirishmoqda.

Foto: t.me/Ateo Breaking

4 yanvar kuni mamlakatning barcha yirik shaharlari - Nur-Sulton, Olmaota, Aqtau, Qarag‘anda, Chimkent, Aqto‘be, Qizilo‘rda va boshqa hududlarda ham minglab kishilar ko‘chalarga chiqishdi.

Pavel Mixeyev / Reuters / Scanpix / LETA
Vladimir Tretyakov / AP / Scanpix / LETA
Almas Kaysar / Vlast

Chilida asalarichilar namoyishi. Yetti politsiya jabrlandi
Chili poytaxti Santyagoda asalarichilar hukumatdan yordam so‘rab ko‘chalarga chiqishdi. 

Foto: Reuters

Mamlakatda 12 yildan buyon qattiq qurg‘oqchilik davom etmoqda: o‘simliklar dunyosi nobud bo‘lib, asalarilar populyatsiyasi ham halokatga yuz tutmoqda.

Asalari boquvchilar Chili poytaxtiga bo‘sh qo‘l bilan kelishmadi. Prezident saroyi oldida ular 60ta asalari uyasini o‘rnatishdi va ulardan atrofga minglab asalarilar tarqaldi.

Asalarilar politsiyachilarni chaqib olishgan: yetti nafar huquq-tartibot organlari xodimini shifoxonaga olib ketishgan. Santyago aholisi tashvishga tushib qolgan. Hukumat qurg‘oqchilikdan jabrlanayotgan 20ta aholi punktiga ko‘mak ko‘rsatishni va’da qildi.

Britaniyada issiq kunlar, AQSh va Afg‘onistonda qish

2022 yilning ilk kunlari Britaniya tarixidagi eng issiq yangi yil kunlari bo‘ldi. Ayrim hududlarda harorat 16 darajadan oshgan.
Foto: REUTERS/Craig Brough
Kobulning qorli ko‘chasida ketayotgan afg‘on ayoli. REUTERS/Ali Khara
Karga ko‘li atrofida suratga tushayotgan otliq tolib jangchilari
Iti bilan sayrga chiqqan juftlik Kapitoliy yaqinidan o‘tmoqda. REUTERS/Tom Brenner
Marilenddagi harbiy bazaga tashrif buyurgan Jo Bayden. REUTERS/Jonathan Ernst
Luganskdagi Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi ayirmachilar nazoratidagi hudud bilan tutashuv chizig‘idagi handaqda turibdi. REUTERS/Maksim Levin
Indoneziyaning Lxoksukon viloyatida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. 24 ming kishi evakuatsiya qilingan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Kolorado shtati Luisvill shahridagi yong‘inlar natijasida vayron bo‘lgan uylar orasida turgan haykal. REUTERS/Alyson McClaran
O‘rmon yong‘inlari vaqtida vayron bo‘lgan uy xarobalari, Kolorado. REUTERS/Kevin Mohatt
Keyptaunda ikki kundan buyon JAR parlamenti binosi yonmoqda. EPA / Scanpix / LETA
Isroilning Ashdod shahrida kovidga test topshirish uchun avtomobillari bilan navbatda turganlar. Mamlakatni omikron shtammi qamrab olgan. REUTERS/Amir Cohen
Hindistonda maktab o‘quvchilarini kovidga qarshi emlash boshlandi. Ahmadobodda vaksina olayotgan o‘quvchi qizni bir necha kishi ushlab turibdi. REUTERS/Amit Dave
Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan siyosatiga norozilik sifatida Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirayotgan faollar. Indoneziya, Jakarta. REUTERS/Willy Kurniawan
Dakar rallisining 1-bosqichidagi umumiy manzara. Saudiya Arabistoni. REUTERS/Hamad I Mohammed
Benzina Orlen jamoasi a’zosi Martin Prokop va yordamchi haydovchi Viktor Chitka Dakar rallisining 2-bosqichida harakatlanishmoqda. Saudiya Arabistoni. REUTERS/Hamad I Mohammed
Londondagi Sent-Jyeyms bog‘ida odamlar oziqlantirayotgan to‘tiqushlar. Foto: Reuters
Bolgariyalik musulmon ayollar Avdinova Rodop tog‘laridagi chekka tog‘li Ribnovo qishlog‘iga uzatilayotgan Kimile ismli kelinni to‘y marosimi uchun bo‘yantirmoqda. Foto: Reuters
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid