Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinaning beshinchi dozasi bilan emlashga ruxsat berildi
Beshinchi doza sifatida Sinovac, BioNTech yoki Turkiyaning Turkovac vaksinasini olish mumkin.
Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinaning to‘rt dozasini qabul qilganlarga beshinchi dozani olishga ruxsat berildi, deb yozadi Daily Sabah.
"Kamida uch oy avval Xitoyning Sinovac vaksinasidan ikki doza va BioNTech vaksinasidan ikki doza olganlar beshinchi dozani qabul qilishlari mumkin", - deyiladi xabarda.
Beshinchi doza sifatida Sinovac, BioNTech yoki Turkiyaning Turkovac vaksinasini olish mumkin.
Ma’lumot berilishicha, Turkiyada 18 yoshdan katta aholining 83,26 foizi vaksinaning ikki dozasi bilan emlangan.
Mamlakatda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 44,9 mingta yangi holat aniqlangan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025