Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi "sun’iy quyosh" uzoq vaqt ishlash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Qayd etilishicha, qurilma plazmasi Quyoshdan besh baravar kuchliroq qizigan va “sun’iy quyosh” 17 daqiqa ishlagan.
Xitoyning EAST termoyadroviy reaktori 70 million daraja haroratda 17 daqiqa ishladi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Qayd etilishicha, qurilma plazmasi Quyoshdan besh baravar kuchliroq qizigan va “sun’iy quyosh” 1056 soniya yoki 17 daqiqa ishlagan.
Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi plazma fizikasi instituti ilmiy xodimi Gun Syanszuning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda o‘tkazilgan tajribada plazma 120 million daraja haroratda 101 soniya ishlagan.
Ushbu loyihadan maqsad, cheksiz sof energiya ishlab chiqarishdir.
Agentlikning ta’kidlashicha, termoyadroviy energiya xavfli chiqindi ajratib chiqarmaydi, "sun’iy quyosh" uchun kerakli xomashyo esa Yer yuzida cheklanmagan miqdorda topiladi. Yonilg‘i sifatida vodorod izotoplaridan foydalaniladi.
Loyiha Xitoyga 943 milliard dollarga tushgan.
Mavzuga oid
16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
08:07 / 10.04.2025