Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlik qayta ko‘rib chiqiladi
Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi.
Bunda, “UZ” domen zonasi internet makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlarini va muhim axborot infratuzilmasiga taalluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalarni belgilash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallanmoqda.
Axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.
Bunda, kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish, “Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki” faoliyatini yanada jadallashtirish, IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarning kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash, hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
10:39 / 30.01.2025
Kiberjinoyatchilik bilan kurashish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
14:55 / 22.12.2024