Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda milliy messenjer ishga tushiriladi
Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish mo‘ljallangan.
Bunda, sohaning yetuk mutaxassislari va yirik tadbirkorlarni milliy kommunikatsiya platformalarini yaratishga jalb qilish, ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlashning zamonaviy talablariga mos dasturiy ta’minot va texnik vositalar bilan ta’minlash ko‘zda tutiladi.
Shuningdek, AKT sohasida milliy mahsulot yaratish tizimini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Bunda, yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlari berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Milliy kommunikatsiya platformalari aholi orasida ommalashtiriladi. Bunda, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida yangilab borishni yo‘lga qo‘yish, aholi o‘rtasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar targ‘iboti bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
18:15 / 21.11.2024
Avstraliyada 16 yoshdan kichkinalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi. Texnologik kompaniyalarga katta jarimalar tahdid solmoqda
21:14 / 20.11.2024
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash masalasi ko‘rib chiqiladi
19:11 / 07.11.2024
Avstraliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklamoqchi
18:03 / 03.11.2024