Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli kuchlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi yaratiladi
O‘zbekiston Qurolli kuchlari yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaasini boshqarish Milliy markazini zamonaviy aloqa va axborotlashtirish vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Qurolli kuchlarining yagona ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimini yaratish ham mo‘ljallanmoqda.
Shuningdek, harbiy va maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bosqichma-bosqich yaratiladi.
Mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025