Xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga faol jalb qilinadi
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Foto: Shutterstock
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida chet elda Vatandoshlar ilmiy va amaliy anjumani o‘tkazib boriladi.
Xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash ham mo‘ljallangan. Mamlakatning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish ko‘zlanmoqda.
Bundan tashqari, xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan aloqalar o‘rnatiladi va hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy davlatlarda vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imijini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik o‘rnatish va uni olib borish sohasida duch kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.
Bunda, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqotlar o‘rnatish va ular duch kelayotgan muammolarni tahlil qilish va tegishli vazirlik hamda idoralar bilan o‘rganish, o‘rganishlar natijasida vatandoshlar bilan ishlash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish, kelishilgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qilish nazarda tutiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi

19:17 / 25.03.2025
«Chempion» tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritish mezonlari belgilandi

16:11 / 20.03.2025
“O‘ziga ishongan ayollarga alohida hurmat bilan qarayman” - Saida Mirziyoyeva

16:11 / 19.03.2025