O‘zbekiston | 07:58 / 07.01.2022
9415
1 daqiqa o‘qiladi

Bank xodimi fuqaroning kartasidan 45 million so‘m pulini yechib oldi

2021 yil 28 dekabr kuni Chust tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: Getty Images

U o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan ATB “Agrobank”ga tegishli plastik kartasidan 45 600 000 so‘m pullarini noma’lum shaxs yechib olganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan bank xodimi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr kuni JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid