Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirus sertifikatlarini rasman tan oladi
O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan oladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to‘liq kursini tugatgan bo‘lsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid va Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.
Qayd etilishicha, sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi o‘rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o‘tish lozim.
Bildirilishicha, batafsil ma’lumot Britaniya hukumati veb-saytida e’lon qilingan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025