O‘zbekiston | 10:06 / 07.01.2022
3648
1 daqiqa o‘qiladi

DXA Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Zomin tumanidagi mahallaga hokim yordamchisi etib tayinlandi

Foto: DXA Jizzax viloyat boshqarmasi

Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Bobur Umrzoqov Zomin tumanidagi mahallaga hokim yordamchisi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 yanvar kuni Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi majlislar zalida jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan. DXA Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Bobur Umrzoqov Zomin tumani «Peshag‘or» MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha joriy etilgan hokim yordamchisi vazifasiga tayinlangani sababli o‘z vazifasidan ozod qilingan.

Uning o‘rniga shu vaqtgacha Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Akmal Ergashev DXA Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirilgan.

Mavzuga oid