Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada aholining yosh qatlami orasida miya bilan bog‘liq noma’lum kasallik tarqalayotgani aniqlandi
Kasallik birinchi marta ikki yilcha ilgari qayd etilgan. Shifokorlar o‘tgan vaqt davomida uning kelib chiqish sababini aniqlay olmagan.
Kanadaning yosh aholisi og‘ir nevrologik kasallikka chalina boshladi, dastlabki holatlar Nyu-Bransuik provinsiyasida aniqlandi, deb yozmoqda The Guardian nashri Vitalité sog‘liqni saqlash tarmog‘i xodimiga asoslanib.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum kasallik aqliy qobiliyatning pasayishiga olib keladi.
Joriy yil boshida noma’lum kasallik ko‘proq qayd etilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Bu kasallikka chalingan bemorlarda mushaklar qisqarishi, vestibulyar apparat faoliyatining buzilishi, xotira bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, oyoq va qo‘llarda og‘riq paydo bo‘lishi, gallyutsinatsiya, ozib ketish va uyqusizlik ham ushbu kasallik simptomlari bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash tarmog‘i xodimining izoh berishicha, shifoxonaga ilgari sog‘ligi bilan muammo bo‘lmagan odamlarning murojaat qilishi ko‘paygan.
Mazkur kasallik bilan bog‘liq rasman qayd etilgan holatlar soni 48taga yetgan.
Nashr manbalari bemorlar soni 150 nafarni tashkil etishini aytmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025