Viloyatlar markazlarida yo‘lovchi tashish uchun Damas avtomobillaridan voz kechiladi
Viloyat markazlarida yo‘lovchi tashish uchun Damas rusumli yengil avtomobillardan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasida ma’lum qilingan.
Ma’lum qilinishicha, hududlarda yo‘lovchi tashish transporti tizimini tubdan takomillashtirish Dasturi loyihasi ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra:
- Aholi punktlarining jamoat transporti bilan qamrovini 95 foizga yetkazish;
- O‘rta va yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish ulushini 22 foizdan 35 foizga oshirish;
- Viloyat markazlarida Damas rusumli yengil avtomobillar faoliyat ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarni bosqichma-bosqich avtobus va mikroavtobuslar bilan almashtirish;
- 52 ta avtostansiya qurish hamda 29 tasini rekonstruksiya qilish;
- 278 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochish;
- 60 ta yangi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish;
- Avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
- Muntazam yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun yangi avtobus va mikroavtobuslarni olib kirishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini foizsiz va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash tizimini joriy etish ishlari bajariladi.
Dastur loyihasini ishlab chiqish va bajarish ishlari nazorati Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.Ramatovga, mas’ul ijrochilar etib esa Transport vazirligi I.Mahkamov, Moliya vazirligi T.Ishmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi I.Norqulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
«Yo‘l xaritasi» loyihasida yuqoridagi ishlarni 2022 yilda amalga oshirish belgilangan.
Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekistondagi aksariyat viloyatlar markazlarida Damas asosiy jamoat transporti bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda

15:29 / 02.05.2025
Prezident Xorazmda arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanishini aytdi

11:20 / 02.05.2025