11 oyda Qoraqalpog‘istondagi sudlar 2,5 mlrd so‘mlik zararni undirish haqida qaror chiqargan
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo sudlarida 2021 yilning 11 oyi davomida jami 16156 ta ish ko‘rilib, shundan 635 tasida prokuror ishtiroki ta’minlangan. Bu haqda Huquq gazetasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, cud buyrug‘i tartibida fuqarolarning ish haqini undirish haqida prokurorlar kiritgan arizalar ko‘rilib, 25 kishining 67 mln 94 ming so‘m ish haqi undirib berilgan.
Bundan tashqari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yetkazilgan zararni undirish haqida kiritilgan 48 ta da’vo arizasi qanoatlantirilishi natijasida jami 2 mlrd 539 mln 378 ming so‘mlik zararni javobgarlardan undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. Regress tartibida 45 mln 412 ming so‘mlik 13 ta da’vo arizasi qanoatlantirildi.
Xususan, Taxiatosh tumani prokurorining tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.O‘tamurodovdan regress tartibida 3 mln 109 ming 170 so‘m undirish haqidagi arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan.
Qayd qilingan davrda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga 18 ta da’vo arizasi kiritilib, barchasi qanoatlantirilgan. Masalan, R.B. va B.T. «Qizil kitob»ga kiritilgan 11 ta jayronni noqonuniy ravishda ovlagan. Oqibatda respublikaga 404 mln 250 ming so‘mlik zarar yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilardan zararni undirish haqidagi prokuror da’vo arizasi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani sudining hukmi bilan qanoatlantirildi hamda aybdorlarga jazo berilishi ta’minlandi.
Bundan oldin 2021 yilda Qoraqalpog‘istonda 104 ta korrupsion holat aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:56 / 10.02.2024
Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
12:51 / 07.02.2024
Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan ikkita firmaga chora ko‘rildi
23:35 / 24.01.2024
Beruniy tumanidagi avtosalonda yong‘in sodir bo‘ldi
09:41 / 16.01.2024