O‘zbekiston | 13:39 / 08.01.2022
20983
1 daqiqa o‘qiladi

AI-80 markali benzinning birjadagi narxi 6,3 foizga arzonlashdi

AI-80 markali avtomobil benzinining birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 so‘mni tashkil qilmoqda.

Foto: TASS

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 million 474,4 ming so‘mni tashkil qildi. Bu avvalgi kunga, ya’ni 7 yanvarga nisbatan 6,3 foizga pastdir.

Qayd etilishicha, AI-80 markali avtomobil benzinining birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, AI-80 markali avtomobil benzinining o‘tgan haftadagi birja savdolaridagi narxi 1 tonnasi uchun 7 mln 964,7 so‘mni tashkil qilgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid