O‘zbekiston | 21:26 / 08.01.2022
11449
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona shahrida sudya avtomashinasi avtohalokatga uchradi

Farg‘ona shahrida Qo‘qon shahar sudi sudyasi boshqaruvidagi avtomashina yo‘l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 3 yanvar kuni soat 9:00 chamasida Farg‘ona shahar Al-Farg‘oniy va Temiryo‘lchilar ko‘chalari kesishgan chorrahada jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi M.U. ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

M.U. boshqaruvidagi “Nexia-2” va yo‘l transport hodisasining yana bir ishtirokchisi X.A. boshqaruvidagi “Nexia-3” avtotransport vositalari shikastlangan.  Ikki tarafdan ham og‘ir bo‘lmagan tan jarohati olganlar bor. 

Ayni paytda holat yuzasidan vakolatli organ xodimlari surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Avvalroq Oliy sud raisi Kozim Komilovga biriktirilgan "Malibu" xizmat avtomobili YTHga uchragani haqida xabar berilgan edi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid