O‘zbekiston | 18:03 / 08.01.2022
26103
1 daqiqa o‘qiladi

YHXBB izoh berdi: 2022 yil 1 yanvardan boshlab YHXBda ro‘yxatdan o‘tadigan avtomobillar uchun yig‘im undirilmaydi

Rasmiy izohga ko‘ra, oldi-sotdi qilingan sanadan qat’i nazar, 2022 yil 1 yanvardan avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im undirilmaydi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 1 yanvardan kuchga kirgan «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun bilan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ulovning ishlab chiqarilgan yili va ot kuchiga qarab undiriladigan yig‘im bekor qilindi.

Biroq shundan keyin ham fuqarolardan yig‘im to‘lash talab qilingan holatlar uchradi.

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, avtomobil oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan sanadan qat’i nazar, avtomobilni YHXBda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022 yil 1 yanvar yoki undan keyin tashrif buyurilganda, yig‘im undirilmaydi.

Avvalroq, yig‘im bekor qilinganiga qaramay, avtomobil sotib olganlik uchun hamon fuqarolardan yig‘im to‘lash talab etilayotgan holatlar ma’lum bo‘lgandi.

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid