Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Markaziy osiyoliklarga ham beriladi» - Rossiyadagi yirik onlayn ko‘chmas mulk platformasi etnik va diniy mazmundagi e’lonlarni taqiqladi
Rossiyaning ko‘chmas mulkni sotish, ijaraga berish kabi onlayn xizmatlar ko‘rsatuvchi TsIAN platformasi fuqaroligi, irqi, millati, tan rangi, diniy e’tiqodiga doir e’lonlar joylashni taqiqladi. Yangi qoida 1 fevraldan kuchga kiradi.
Onlayn xizmatning Telegram-kanalida xabar qilinishicha, shu mazmundagi o‘zgartirishlar litsenziya shartnomasiga ham kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mualliflardan oldingi e’lonlarini ham 2022 yil 1 fevralga qadar yangi qoidalardan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi talab etiladi. Ushbu muddatga qadar o‘zgartirilmagan e’lonlarga onlayn xizmatning o‘zi o‘zgartirish kiritishi mumkin.
«Lisenziat: TsIAN ma’lumotlar bazasiga fuqaroligi, millati, dini, tana tusi, irqi, etnik kelib chiqishiga doir talablar, cheklovlar, taqiqlar yoki qandaydir yo‘sinda maqbullovchi axborotni joylay olmaydi», deyiladi TsIAN saytidagi xabarda.
Ushbu o‘zgarishlar barcha ko‘chmas mulk toifalariga tegishli bo‘lib, Rossiyaning barcha mintaqalari uchun birdek amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz muxbirlari 2019 yil noyabr-dekabr oylarida Rossiya federatsiyasiga amalga oshirgan xizmat safari haqida tayyorlagan videolavhasida Moskva shahrida kvartirani ijaraga olish qiyinchiliklari haqida ham so‘z yuritgan edi. Xususan, ijara e’lonlarida «Markaziy osiyoliklar, Islom diniga e’tiqod qiluvchilarga ijaraga berilmaydi» yoxud «slavyan ko‘rinishidagi kishilar ijaraga qo‘yiladi» kabi e’lonlar mavjudligi haqida yozgandi.
Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy-protsessual kodeksining 5.62-moddasiga (Diskriminatsiya - Kamsitish) binoan, «faqat slavyan ko‘rinishidagilar uchun» kabi e’lonlar kamsitish deb baholanishi va jismoniy shaxslarga 1-3 ming rubl, yuridik shaxslarga 50-100 ming rubl jarima solishga asos bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025