Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda omikron aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o‘tib e’lon qilingani tushuntirildi
O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o‘tib e’lon qilingani ochiqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev bu haqda ma’lumot berdi.
“Omikron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmadi va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi”, dedi Xolmamat Norboyev.
Avvalroq, O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlangan xorijlik bilan bir samolyotda kelgan barcha yo‘lovchilar karantinga olingani xabar berilgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Umidulla Risqiyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 16 ta maxsus tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalar soni zarurat tug‘ilsa, 132 ta, koykalar sonini esa 32 mingtaga yetkazish imkoni bor.
Mavzuga oid
19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi
18:41 / 09.01.2023
Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi
10:25 / 04.12.2022
SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi
14:05 / 21.10.2022