Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yer degradatsiyasi jarayoni bilan kurashish departamenti tashkil etiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida yer degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazining:
- Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yer degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish vakolatini yuklash hamda ushbu yo‘nalishdagi siyosatni belgilovchi vakolatli davlat organi etib belgilash;
- davlat budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yer degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departamentini tashkil etish;
- Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tasarrufidagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar milliy instituti etib qayta tashkil etish hamda vazirlikning “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlili markazi” DUKni mazkur milliy institut tarkibiga o‘tkazish takliflari ma’qullanadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yer degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha:
a) quyidagi vakolatlar beriladi:
- yer degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yirik sanoat korxonalari) faoliyatini muvofiqlashtirish;
- yer degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish siyosatini belgilash, davlat dasturlari va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab chiqish;
- yagona elektron resurs (ma’lumotlar bazasi) doirasida vazirlik va idoralarning yer degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash, ma’lumotlar bazasiga kiritilishini va ushbu ma’lumotlardan ochiq foydalanishini ta’minlash;
- yagona milliy va xalqaro indikatorlar va mezonlarga muvofiq zamonaviy texnologiyalar (GAT laboratoriya, dronlar, masofadan zondlash va boshqalar)ni qo‘llash yo‘li bilan yer degradatsiyasi va cho‘llanish, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, yaylovlarni saqlash, fitomelioratsiyalash, qishloq xo‘jalik ekinlarini almashlab ekish, o‘rmonlar barpo etish, ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritish;
- tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar, yerlarni inventarizatsiya qilish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni o‘tkazish;
- ilmiy-amaliy tadbirlarni muvofiqlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish va qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurs (trening)lar tashkil etish va o‘tkazish;
- onlayn-byulleten shaklda (yillik va choraklik) hisobotlarni taqdim etish;
b) quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- yer degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
- tuproq sho‘rlanishi, tuproq ekologik holati (Soil Quality Index), geobotanik va agrokimyoviy xaritalar bo‘yicha kartografik materiallarni yaratish;
- yer degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borish uchun mas’ul bo‘lgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari uchun yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish (yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, yaylovlarni saqlash, tiklash va ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish, o‘rmonzorlar barpo etish, himoya o‘rmon ekinlarini ekish va boshqalar);
v) quyidagilar ishchi organlari etib belgilanadi:
- “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti – yer degradatsiyasi bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish, yer tuzish va geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish, yerlarni inventarizatsiya qilish, aerokosmik tasvirga olish, topografik-geodezik, kartografik ishlarni o‘tkazish, yerlar monitoringini yuritish, masofadan zondlash va dronlarni qo‘llash orqali geoaxborot tizimini yangilab borish, ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha;
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar milliy instituti – tuproq monitoringi, majmuaviy tuproq va agrokimyoviy tadqiqotlarni o‘tkazish, tuproq sifati (bonitirovkasi)ni baholash, tuproq sho‘rlanishi, tuproq ekologik holati (Soil Quality Index), agrokimyoviy xaritalarni yaratish va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish va oldini olishda ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha;
- Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish boshqarmasi – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarni nazorat qilish va bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni berish.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025