O‘zbekiston | 10:45 / 10.01.2022
3359
2 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways ta’tildan qaytadigan talabalar uchun yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi

2021/2022 o‘quv yilining qishki ta’til kunlari 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways talabalar uchun 20-23 yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha reyslarning ochilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘shimcha reyslar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

  • 2022 yil 20 yanvar. Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan jo‘nab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
  • Toshkent – Nukus – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 19:00, Nukusga yetib borish - 20:40, Nukusdan jo‘nab ketish - 21:20, Toshkentga yetib borish - 22:40;
  • 2022 yil 21 yanvar. Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan jo‘nab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 07:30, Buxoroga yetib borish - 08:40, Buxorodan jo‘nab ketish - 09:20, Toshkentga yetib borish - 10:20;
  • 2022 yil 23 yanvar. Toshkent – Farg‘ona – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Farg‘onaga yetib borish - 13:40, Farg‘onadan jo‘nab ketish - 14:20, Toshkentga yetib borish - 15:10;
  • Toshkent – Qarshi – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 08:00, Qarshiga yetib borish - 09:00, Qarshidan jo‘nab ketish - 09:40, Toshkentga yetib borish - 10:40;
  • Toshkent – Termiz – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 07:30, Termizga yetib borish - 08:50, Termizdan jo‘nab ketish - 09:30, Toshkentga yetib borish - 10:40;
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 07:30, Buxoroga yetib borish - 08:40, Buxorodan jo‘nab ketish - 09:20, Toshkentga yetib borish - 10:20;
  • Toshkent – Urganch – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:50, Urganchga yetib borish - 14:20, Urganchdan jo‘nab ketish - 15:00, Toshkentga yetib borish - 16:20;
  • Toshkent – Andijon – Toshkent reysi, Toshkentdan jo‘nab ketish - 12:30, Andijonga yetib borish - 13:30, Andijondan jo‘nab ketish - 14:10, Toshkentga yetib borish - 15:00.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid