Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shtepada YTH oqibatida velosipedchi vafot etdi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida “Lasetti”avtomashina haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘shtepa tumanida 10 yanvar kuni haydovchi S.Z “Lasetti” avtomashinasini “Eshonguzar” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchi T.K.ni urib yuborishi oqibatida, T.K. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Yozyovon tumanida «Lasetti» avtomashinasi urib yuborishi oqibatida velosipedchi hodisa joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025