Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda O‘zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshgan
O‘zbekistonda aholi soni har kuni qariyb 2 ming kishiga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilda doimiy aholi soni 712,4 ming kishiga oshgan.
Qayd etilishicha, mamlakat aholisi 2021 yil davomida har oyda o‘rtacha 59,4 ming kishiga ko‘paygan.
2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan, deyiladi ma’lumotda.
Avvalroq, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35 271 276 kishini tashkil etayotgani xabar berilgandi.
Shahar joylarda – 17,9 million kishi, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025