Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korzinka 25 yoshda: milliy brend yubileyini qanday nishonladi – katta shou-tadbirdan lavhalar
O‘zbekistonda chorak asrlik tarixga ega bir necha brendlar mavjud. Ular orasida tom ma’noda xalq orasida sevimli maskanga – milliy brendga aylangan korxonalar sanoqli.
Bundan 25 yil avval – 1996 yil 30 dekabrda Anglesey Food nomi bilan asos solingan korxona – Korzinka supermarketlar tarmog‘i 10 yanvar sanasida ahil jamoasining barcha a’zolari va ko‘pyillik hamkorlari uchun katta shou-konsert tashkil etdi.
Poytaxtdagi go‘zal Humo Arena ekranlarida bayramona animatsiya deyarli har bir o‘zbekistonlikka tanish timsol – qizil fondagi Korzinka logotipi aks etmoqda.
Zinalar tomon yaqinlashib borganingiz sari tarmoqning yurtimiz turli viloyatlaridagi supermarketlaridan 5 charter samolyot va ko‘plab avtobuslarda kelgan 5,5 mingdan ko‘proq xodimlar brend bayroqlarini tantanavor hilpiratib borayotganini ko‘rasiz.
Yubiley tadbirining kirish qismi boshlovchilar – Davron Kabulov va Dildar Islamovaning jarangdor ovozi hamda yig‘ilganlarning gulduros qarsaklaridan milliy cholg‘u asboblari, karnay-u doiralar zarbi, so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev yetakchiligidagi simfonik orkestr ijrosidagi sadolarga ulanib ketdi.
Konsert davomida Korzinka supermarketlar tarmog‘ining qadriyatlari va oldga qo‘yilgan maqsadlari to‘g‘risida kompaniya asoschisi Zafar Hoshimov hamda yetakchi bo‘limlar rahbarlari o‘ziga xos taqdimot bilan hikoya qilib berdilar.
«Kuniga 250 ming nafar xaridorni qabul qilamiz, 150 ming chek chiqariladi. Bozor bilan taqqoslaganimizda esa 18 turdagi tovarlarni xarid qilish uchun odatdagi bozorlarimizda 78 daqiqa vaqt sarf bo‘ladi. Korzinkada esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 17 daqiqaga teng. Taqriban olganda, jamoamiz bilan birga biz vatandoshlarimiz umrining 10 ming kunini tejar ekanmiz», – deydi Zafar Hoshimov.
Alohida e’tiborga molik jihati, kompaniya rahbariyati tomonidan karantin qoidalari va vaksina olish jarayoniga muhim ahamiyat berib kelinadi. Konsertdan bir muddat avval Korzinka supermarketlar tarmog‘i jamoasi a’zolarining to‘la vaksinalanishini rag‘batlantirish maqsadida xodimlar orasida bosh sovrin sifatida Spark avtomobili hamda qo‘shimcha qimmatbaho sovrinlar qo‘yilgan yutuqli o‘yinni ham o‘tkazdi.
Bayram tadbiri avj pallasida esa sovrinlar g‘oliblarga, Spark avtomobili korxonada 9 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan fidoyi xodim Fathulla Muzaffarovga nasib etdi.
So‘ng sahnaga esa birma-bir taniqli san’atkorlar – Jyenisbek Piyazov, Sabina Mustayeva, «Setora», «Benom», «Sahar», «Via Maroqand» guruhlari, Ziyoda, Munisa Rizayeva va Korzinka supermarketlar tarmog‘ining madhiyasiga aylanib ulgurgan qo‘shiq ijrochisi Lola ko‘tarildilar.
Butun zal «Setora» guruhi tomonidan ijro etilgan «Borsan» taronasi ila, turli sabablar va pandemiya davrida jamoa safini bevaqt tark etgan hamkasblarini yodga olishi – tadbirning kulminatsion nuqtalaridan biri bo‘ldi.
Korzinka o‘zining 25 yillik bayramini shunday ko‘tarinki ruhda nishonladi. Korzinka – O‘zbekistondagi eng sifatli va ko‘p ish o‘rni yaratib kelayotgan korxonalardan biri sanaladi.
Kompaniya keyingi 25 yillik tarixiy yo‘lga otlanish ostonasida Korzinka-DNKsiga singib ulgurgan qadriyatlar – shijoat, samimiylik, mehr-muhabbat, sifat va sadoqat kabi tushunchalarni shu taxlit yana bir bor jamoa a’zolariga unutilmas konsert shaklida namoyon etdi.
Korzinka – 25 yoshda va bu hali boshlanishi!
Korzinkadan odatdagidan yaxshi yangiliklarni va unumli takliflarni:
Korzinka telegram kanalida: t.me/korzinkuzb (o‘zbek tilida) yoki t.me/korzinkauz (rus tilida)
Instagram sahifasida: @korzinkauz
Facebook sahifasida: fb.com/korzinkauz
Rasmiy saytida: korzinka.uz
va albatta, qulay ilova KorzinkaGO orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:59 / 08.06.2024
Ta’til va kaboblar mavsumi: Korzinka go‘shtga “lahm narxlar”ni e’lon qildi
19:00 / 19.03.2024
Korzinka va idea: maishiy texnikaga sertifikatlar yutib oling
09:58 / 15.03.2024
“Korzinka” Bureau Veritas sertifikatlash organidan beshta ISO sertifikatini qo‘lga kiritdi
17:00 / 26.01.2024