O‘zbekiston | 16:33 / 13.01.2022
2305
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryodagi paxta tozalash korxonalari 2021 yilda mehnatda mayib bo‘lganlik nafaqasining qariyb yarmini to‘lab bermagani ma’lum qilindi

Foto: Surxondaryo viloyati prokuraturasi

Surxondaryo viloyatida joylashgan paxta tozalash korxonalari 2021 yilda sobiq ishchi-xodimlarga mehnatda mayib bo‘lganlik nafaqasining qariyb yarmini to‘lab bermagan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Surxondaryo mintaqaviy paxta terminali hududiy AJ va tuman-shaharlarda joylashgan paxta tozalash zavodlari sobiq ishchi xodimlariga mehnatda mayiblanganlik nafaqalari to‘lanishi holati tahlil qilingan.

O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 2021 yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 milliard 15 million 808 ming so‘m nafaqa to‘lovlaridan 607 million 565 ming so‘m to‘langan, 408 million 243 ming so‘m to‘lanmagan.

Mazkur holat yuzasidan paxta tozalash korxonalari direktorlariga nisbatan Mehnat Kodeksining 49-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan va ular ogohlantirilgan

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, bugungi kunda mehnatda mayiblangan, kasb kasalligiga chalingan va nogironligi bo‘lgan 123 nafar fuqaroning 408 million 243 ming so‘m nafaqa pullari to‘lab berilishi ta’minlangan.

Mavzuga oid