Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik jussadagi katta jasorat
Faridaxon opa Yusupova 24 yildan beri tibbiyot sohasida faoliyat yuritmoqda. Qahramonimiz Andijon shahridagi 8-oilaviy poliklinikada emlash hamshirasi bo‘lib ishlaydi.
Bo‘yining kichikligi uning hayotda o‘z o‘rnini topishga to‘siq bo‘lmagan. Bunday nuqson irsiyatida mavjud emas.
"Xudoga shukur, hamma taraflama bemalolman. Shuncha yildan beri bemalol ish yuritib, farzandlarimni ham o‘zim kamolga yetkazdim. Kelinlarim, nevaralarim bor. Seshanba-chorshanba kunlari emlash kunlarimiz. Bir kunda 90-110 nafar bola keladi. Ikki kunda 180-200 ta emlov qilaman", deydi biz bilan suhbatda Faridaxon opa.

Opaning bo‘yidagi nuqsoni onasining homiladorlik paytida ko‘p kasal bo‘lishi bilan bog‘liq. Qahramonimizning ikki nafar farzandi bor. U bo‘yining past ekanligidan hech qachon nolimaydi.

Abduvali Qurbonov
Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025