Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarning deyarli yarmi ayollar ekani ma’lum bo‘ldi
Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan onlayn shakldagi video muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda qayd etilganidek, so‘nggi uch yilda iqtisodiy faol ayollar soni 10 foizga oshdi. Davlat tashkilotlarida ishlayotganlarning 42,7 foizini ayollar tashkil etmoqda. Mamlakatda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ular tomonidan 130 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yekti samarali boshqarib kelinmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qariyb 40 foizi xotin-qizlardan iborat.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 13-15 oktabr kunlari Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi Yevrosiyo ayollar forumida ishtirok etgan. Unda bildirilgan takliflar va kelishuvlarni tatbiq etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, unga ko‘ra O‘zbekistonning xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha tajribasini xalqaro keng targ‘ib etish hamda bu borada taqdimot tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Muhokamalar davomida ushbu taqdimot materiallarini tayyorlash yuzasidan mas’ullarga so‘nggi 3 yil davomida mamlakatda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalar haqida ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish va belgilangan muddatlarda ishchi guruhga taqdim etish vazifasi topshirildi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025