Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChLga qur’a tashlandi - «Paxtakor» raqiblarini bilib oldi
Osiyo Chempionlar Ligasining 2022/23 yilgi mavsumiga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» «Duhayl», «Sepaxon» klublari bilan D guruhidan o‘rin oldi. Guruhdagi to‘rtinchi jamoa «At Tavun» va «Al Jaish» o‘rtasidagi pley-off bahsida aniqlanadi.
Agar «Nasaf» 15 mart kuni o‘tish o‘yinida safarda «Baniyas» (BAA) ustidan g‘alaba qozonsa, Ye guruhidan joy oladi va Superligada 2-o‘rinni olgan «So‘g‘diyona»ga OFK Kubogi yo‘llanmasini taqdim etadi. Aksincha, Qarshi klubi mag‘lub bo‘lsa, o‘zi OFK Kubogida qatnashadi.
A guruhi
Al Hilol (Saudiya Arabistoni)
Ar Rayyan (Qatar)
Istiqlol (Eron)
Sharja (BAA) / Az Zavra (Iroq)
V guruhi
Al Jazira (BAA)
Ash Shabob (Saudiya Arabistoni)
Mumbay Siti (Hindiston)
Al G‘arafa (Qatar)
S guruhi
Fulad (Eron)
Shabob Al Ahli (BAA)
Ahal (Turkmaniston)
Eyr Fors (Iroq)
D guruhi
Duhayl (Qatar)
Sepaxon (Eron)
Paxtakor (O‘zbekiston)
At Tavun (Saudiya Arabistoni) / Al Jaish (Suriya)
Ye guruhi
As Sadd (Qatar)
Al Faysali (Saudiya Arabistoni)
Al Vihdat (Iordaniya)
Baniyas (BAA) / Nasaf (O‘zbekiston)
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumdan boshlab turnir «kuz-bahor» tizimida o‘tkaziladi. Guruh bosqichi 2022 yil aprel oyida, pley-off bahslari va final 2023 yil fevralida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi
21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024