Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 500 ming so‘m pora olgan tuman tibbiyot birlashmasi o‘rinbosari 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Erkin Bozorov 2017 yil sentabr oyidan Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hamda tumandagi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish komissiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
U mansabdor shaxs bo‘lgani holda o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, tamagirlik yo‘li bilan Kasbi tumani Nazartepa qishlog‘ida yashovchi M. Yarmatovaning o‘g‘li 2019 yilda tug‘ilgan S.M.ga nogironlik nafaqasiga chiqarib berishni va’da qiladi. E. Bozorov buning evaziga M. Yarmatovadan 600 ming so‘m talab qiladi.
2021 yil 5 avgust kuni M.Yarmatovaning arizasi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda E. Bozorov o‘zining xizmat xonasida M. Yarmatovadan kelishilgan pul mablag‘idan 500 ming so‘m olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tuman sudining 2021 yil 20 dekabrdagi hukmiga asosan E. Bozorov Jinoyat kodeksi 210-moddasi (pora olish) 2-qismining “v” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda ushbu kodeksning 45-moddasiga muvofiq 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo tayinlangan.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025