Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda qariyb 800 mln so‘mlik yaroqsiz dori vositalari yo‘q qilindi
Andijonda sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan dori-darmonlarni yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Foto: MIB
Unda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda jinoyat ish materiallari bo‘yicha ashyoviy dalil hisoblangan bahosi 695 mln so‘mlik 60 000 dona “Misoprostol” nomli dori vositalari, 18 mln 675 ming so‘mlik 50 quti “Kovifor”, jami salkam 50 mln so‘mlik 1703 dona kasseta tabletka ko‘rinishidagi “Aspirin”, 480 quti suyuqlik ko‘rinishidagi “Akvalor bebi”, 1600 quti suyuqlik ko‘rinishidagi “Tsevikap” dori vositalari taqdim qilindi.

Shu kuni, sifati kafolatlanmagan va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, umumiy qiymati qariyb 800 mln so‘mlik dori vositalari “Ekotibbiyot” xususiy korxonasiga qarashli qurilish chiqindilar poligonida tashkil etilgan kuydirish pechida belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Mavzuga oid

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

07:50 / 24.05.2025