Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Rossiyani birgalikda AQShning harakatlariga qarshi turishga chaqirdi
Foto: kremlin.ru
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tehron va Moskva AQShning xalqaro maydondagi bir tomonlama harakatlariga qarshi hamkorlik qilishi mumkin deb hisoblamoqda.
"Biz harakatlarimizda uyg‘unlik yaratishimiz mumkin. Biz 40 yildan buyon amerikaliklarga qarshilik ko‘rsatib kelmoqdamiz. Hech qachon sanksiyalar yoki tahdidlar sababli mamlakatimiz rivojlanishini to‘xtatib qo‘ymaymiz", - dedi Raisiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida.
U Eron sanksiyalar olib tashlanishi uchun harakat qilayotgani va yakunda bunga erishishini aytdi.
"Eron Islom Respublikasida bizga do‘st Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu munosabatlar strategik bo‘ladi. Ular doimiy va strategik bo‘ladi", - dedi Raisiy.
U Eron va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar "mustahkam va har tomonlama" bo‘lishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
12:18 / 15.05.2025