Farg‘onada Lacetti piyodalar o‘tish joyida ona-bolani urib yubordi
2021 yilda tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘tarib piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 21 yoshli ayolni Lacetti urib ketdi. Ona-bola shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida Lacetti avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 19 yanvar kuni soat 11:00 larda Farg‘ona shahar hududidan o‘tuvchi 4R-140A avtomobil yo‘lining 8-kilometrida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan Y.A. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, 2001 yilda tug‘ilgan M.M. va uning qo‘lidagi farzandi F.M.ni urib yuborgan.
Hodisa natijasida, piyoda M.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va qo‘lidagi farzandi, 2021 yilda tug‘ilgan F.M. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida Lacetti avtomashina haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024
Farg‘onada jamoat transporti yo‘l haqi oshirildi
16:35 / 30.10.2024