Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kuni Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani alohida ta’kidlangan. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etgan.
Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024