Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonning avvalgi hukumatini dunyodagi eng korrupsiyalashgan hukumat deb atadi
Ta’kidlanishicha, oxirgi 20 yil davomida mamlakat iqtisodiyoti "xorijiy yordam hisobiga tirik turgan", hukumat xarajatlarining 75 foizi "tashqaridan moliyalashtirish hisobiga qoplangan".
Afg‘onistonning sobiq hukumati "dunyodagi eng korrupsiyalashgan" hukumat edi. Tolibon hukumati raisi Muhammad Hasan Oxund Kobulda o‘tayotgan iqtisodiyot bo‘yicha anjumanda ana shunday fikr bildirdi.
"Afg‘onistonning sobiq hukumati "dunyodagi eng korrupsiyalashgan" hukumat edi, sobiq prezident Ashraf G‘ani esa dunyodagi eng korrupsioner ikkinchi odam bo‘lgandi, ammo jahon uni va uning hukumatini himoya qildi", - dedi Oxund.
U noqonuniy ravishda boylik orttirish bo‘yicha birinchi o‘rinda kim turishiga aniqlik kiritmadi.
"Endi Afg‘onistonda korrupsiyaga barham berilgan vaqtda dunyo Afg‘onistonni tan olmayotganining sababi nimada?" – degan savolni berdi Afg‘oniston hukumati rasmiysi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 20 yil davomida mamlakat iqtisodiyoti "xorijiy yordam hisobiga tirik turgan", hukumat xarajatlarining 75 foizi "tashqaridan moliyalashtirish hisobiga qoplangan".
"Bu yordam samarasiz bo‘ldi va korrupsiyani vujudga keltirdi. Xorijiy yordamning ma’lum bir qismigina foyda keltirdi, mablag‘ning katta qismi turli loyihalarni amalga oshirish bahonasida chetga olib chiqib ketildi", - deb ta’kidladi Oxund.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025