Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegaraoldi savdo zonasi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi
Turkmaniston O‘zbekiston bilan o‘tgan yilning oktyabr oyida Toshkentda imzolangan turkman-o‘zbek chegara zonasini tashkil etish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Tegishli farmonni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov imzoladi, deya xabar bermoqda «Turkmenistan segodnya».
Turkmaniston-O‘zbekiston chegarasidagi savdo zonasini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi bitim ikki davlat prezidentlarining 2021 yil oktyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha imzolangan edi.
Hujjat qo‘shni davlatlarning chegaradosh hududlari – Lebap va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Toshhovuz va Xorazm viloyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga qaratilgan.
Oxirgi 4 yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barobar oshdi, 2021 yilda esa 65 foizga oshib, qariyb 880 million dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
14:25 / 08.05.2025