Iqtisodiyot | 11:28 / 21.01.2022
20272
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga bir yilda 8,1 milliard dollar xalqaro pul jo‘natmalari yuborildi

2021 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 8,1 mlrd AQSh dollari miqdorida valuta mablag‘lari kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bank sharhida ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2019 - 2020 yillarga nisbatan (6 mlrd dollar) 34 foizga oshgan.

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikadan 1,6 mlrd AQSh dollari miqdorida valuta mablag‘lari chetga jo‘natilgan.

2021 yil davomida tashqi savdo aylanmasining jadallashishi kuzatildi. Eksport tushumlari hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga o‘sib, 11,6 mlrd dollarga yetdi. Import to‘lovlari o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga oshib, 25,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ichki valuta bozorida chet el valutasiga bo‘lgan talabning umumiy hajmi 2021 yilda 26,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 va 2020 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,7 va 1,3 barobarga oshdi.

Ichki valuta bozorida chet el valutasidagi umumiy taklif hajmi 2021 yilda 22,9 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga o‘sdi (2020 yilda – 14,3 mlrd dollar, 2019 yilda – 11,7 mlrd dollar).

Mavzuga oid