Masofaviy ta’lim sifati inspeksiya tomonidan monitoring qilinadi – Ulug‘bek Toshkenboyev
O‘zbekistonda barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qish bir oy muddatga onlayn shaklga o‘tkazilmoqda. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev bu muddatda olib boriladigan masofaviy ta’lim inspeksiya tomonidan nazorat qilinishi haqida Kun.uz’ga ma’lumot berdi.

Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
“Xalqaro tashkilotlar tomonidan inson kapitalini baholashda ta’lim sifati bilan birgalikda yosh avlod salomatligi ham alohida e’tiborga olinadi. Zero sog‘lom yoshlar kelgusida yuqori malakali kadrlar sifatida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi.
Mamlakatimizda bir oy mobaynida onlayn ta’lim olib borish to‘g‘risidagi qaror ham, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi vakillari, amaliyotchi pedagoglar va ota-onalar fikrini o‘rgangan holda avvalo bolalarimiz salomatligini o‘ylagan holda qabul qilindi”, dedi inspeksiya rahbari.
Ulug‘bek Toshkenboyevning qayd etishicha, inspeksiya masofaviy ta’lim sifatini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
“OTMlar muassasadagi ta’lim faoliyati: ta’lim oluvchilarning erishgan natijalari, ular tomonidan fan dasturlarining o‘zlashtirish holati va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ta’lim tashkilotlarining elektron platformasidan foydalangan holda monitoring qilib borilishi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Davlat va nodavlat maktablar esa masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun “Onlayn maktab” telekanallari hamda masofaviy ta’lim platformalaridan unumli foydalanishlari talab etiladi va bu jarayonlar tizimli monitoring qilinadi”, dedi Ulug‘bek Toshkenboyev.
Inspeksiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limning qanchalik tez boshlanishi aholining sanitariya talablariga mas’uliyat bilan yondashishi va amal qilishiga bog‘liq.
Mavzuga oid

18:39 / 26.07.2023
14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

23:08 / 29.06.2023
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

16:19 / 04.10.2022
Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

13:44 / 15.07.2022