Navoiyda 2021 yilda hokimliklar davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 135 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan
Navoiy viloyatida 2021 yilda DXMlar tomonidan 320 702 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Korxona va tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 4 392 ta qonunbuzilish holati aniqlangan. Bu haqda DXA Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan yil yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, hozirda boshqarma va uning hududiy markazlari tomonidan aholiga 160 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 2021 yilda markazlar orqali jismoniy va yuridik shasxlarga jami 320 702 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. O‘tgan yilda viloyatda 9 203 ta tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shundan 18 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar, 4 095 tasi esa yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektlari.
DXA Navoiy viloyati boshqarmasiga ko‘ra, 2021 yilda davlat xizmatlari ko‘rsatilishida soliq organlari 151 ta, yer resurslari va davlat kadastr idoralari 196 ta, moliya idoralari 44 ta, bandlik va mehnat munosabatlari idoralari 60 ta, hokimliklar 135 ta, sog‘liqni saqlash muassasalari 669 ta, “O‘ztransgaz” AK 378 ta, qurilish va arxitektura 120 ta, boshqa kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari 2 003 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan. Kiritilgan ta’sir chorasi natijasida vakolatli idoralarning 13 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Matbuot anjumani jurnalist va blogerlar Navoiy shahar DXMda xorijga chiqish pasportlarini berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan ham tanishdilar.
Mavzuga oid
12:40 / 15.11.2024
Navoiyda salkam 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024