Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojiga qariyb 7 mlrd dollar ajratiladi
“2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 881,0 mlrd so‘m (deyarli 7 mlrd dollar) ajratiladi.
Mazkur yillarda jumladan quyidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish nazarda tutilgan:
- 54 230 o‘quv o‘rni va 8 358 yotoq o‘rniga ega oliy ta’lim muassasalari;
- 259 101 o‘quv o‘rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta’lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- 88 310 o‘ringa ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- 24 213 o‘ringa ega sog‘liqni saqlash muassasalari.
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Respublika komissiyasi dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Dasturlar doirasida rejalashtirilgan mablag‘larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag‘lari, xorijiy kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarini qoplashga, shuningdek, obektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo‘naltirish taqiqlanadi.
2022 yildan:
- ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi;
- kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o‘tadigan loyihalar (obektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.
2022 yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari obektlari – 15 avgustgacha, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar obektlari – 1 oktyabrgacha, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025