O‘zbekiston | 19:28 / 25.01.2022
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda isitish tizimi 3−4 soat ichida to‘liq ishlay boshlaydi - vazirlik

Toshkentdagi markaziy isitish qozonxonalari 3−4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tadi va xonadonlar isiy boshlaydi.

Foto: Kun.uz

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 3−4 soat ichida Toshkent shahridagi markaziy isitish qozonxonalar to‘liq ishlay boshlashi haqida xabar berdi.

Qozonxonalar to‘liq ish rejimiga o‘tgach, xonadonlar isiy boshlaydi.

Soat 19:00 holatiga, Toshkentdagi 202 ta qozonxonadan 12 ta lokali ishga tushgan.

Mavzuga oid