O‘zbekiston | 09:14 / 26.01.2022
32824
2 daqiqa o‘qiladi

«Hududgazta’minot» gaz bilan bog‘liq muammolarga izoh berdi

Joriy yilning 25 yanvar kuni elektr ta’minotida uzoq davom etgan uzilish tufayli «O‘zbekneftgaz»ga qarashli Gazli, Sho‘rtan va Muborak neft-gaz qazib olish boshqarmalariga qarashli 64 ta konning ishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Foto: Kun.uz

«Hududgazta’minot» xabariga ko‘ra, bu «O‘ztransgaz» magistral gaz quvurlari va «Hududgazta’minot» mahalliy tarmoqlarida bosimning pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Ayni paytda Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator tumanlari hamda Toshkent shahrida tabiiy gazni yetkazib berishda bosimning pasayishi yoki uning yo‘qligi kuzatilmoqda. 

Shu munosabat bilan «Hududgazta’minot» bosimni tiklash va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. 

«Hozirgi vaqtda gaz yo‘qligi yoki uni yetkazib berish paytida bosim pasayishi kuzatilayotgan manzillarda gaz ishlatadigan barcha jihozlarni o‘chirib qo‘yish va binolarda gaz hidi yo‘qligini tekshirish kerak. 1104 raqami bo‘yicha call-markazga yoki 1104 raqamiga favqulodda dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin», deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid