Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda uch fuqaroni Meksikadan AQShga o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs 60 ming dollar bilan ushlandi
Samarqand viloyatining Samarqand tumani Shalgamon mahallasida yashovchi 48 yoshli S.D. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 31 yoshli D.A. uni, 38 yoshli dugonasi U.N.ni hamda 40 yoshli tanishi D.F.ni noqonuniy yo‘llar bilan Meksika davlati orqali AQSh hududiga o‘tkazib berishini aytib, har biri uchun 20 000 AQSh dollaridan hisoblab, jami 60 000 AQSh dollari evaziga ushbu harakatlarni amalga oshirib berishini va’da qilganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu murojaat yuzasidan, 2022 yil 24 yanvar kuni soat 17:00 larda Samarqand shahar Universitet xiyoboni ko‘chasida joylashgan “Zilol Baxt” mehmonxonasi oldida Samarqand viloyat IIB JQB UJQKB va DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir jarayonida, fuqaro D.A. S.D.dan firibgarlik yo‘li bilan 60 000 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan hodisa joyida ushlanib, undan 60 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025