«O‘zgidromet» chang bo‘roni to‘g‘risida ogohlantirish bilan chiqdi
Joriy yilning 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
Harorat va atmosfera bosimining nisbatan gradiyentlari vujudga kelishi kutilmoqda. Shuning hisobiga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, natijada mazkur hududda chang bo‘roni va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.
28-29 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan, 28 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, 28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, 29 yanvarda Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
11:33 / 21.11.2024
22 noyabrda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
11:05 / 20.11.2024
21 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin
10:50 / 19.11.2024
20 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi
13:06 / 18.11.2024