Putin uchun yopilgan qabriston, Yaqin Sharqdagi qor va Ukrainaga kelgan yordam. Kun suratlari
Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.
27 yanvar kuni, Leningrad qamali tugashining 78 yilligi munosabati bilan RF prezidenti Vladimir Putin Peterburgdagi Piskaryovo memorial qabristoniga keldi.
Bu yerda u «Mat-Rodina» monumentiga gulchambar, shuningdek birodarlik qabristoniga gullar qo‘ydi, bu yerda uning qamal vaqtida chaqaloqligida vafot etgan katta akasi ham dafn etilgan. Qabristonga prezident kelgan vaqtda qolganlar uchun yopib qo‘yildi. Masalan, fashistlar qamalini boshdan kechirgan 89 yoshli ayol ham qabristonga kiritilmagan.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aslida qabriston yopib qo‘yilmaganini aytdi. «Faqat Putin gullar qo‘yayotganida biroz kutib turish so‘raldi va bu juda qisqa vaqtga bo‘ldi. 10 daqiqadan ortiq vaqt ketmadi. Keyin barcha xotirjamlik bilan davom ettiraverdi», degan u. Ammo yodgorlik majmuasining ma’lumotnomasida qabristonga kirish soat 15:00gacha yopiqligi ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Putin ziyorat qilayotgan vaqtda atrofda snayperlar turganini ko‘rish mumkin.
Leningrad qamali yillarida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 400 mingdan 1,5 milliongacha odam halok bo‘lgan.
Turkiyada bir necha kundan beri kuchli qor yog‘ishi davom etmoqda.
Yaqin Sharqning boshqa hududlarida ham qor.
Quddusda qor.
Mavzuga oid
20:06 / 06.03.2022
Bobilga aylangan Lvov, yangi formadagi toliblar, dunyoda bahor bayramlari. Hafta suratlari
21:59 / 27.02.2022
«Yo‘lkira tekin». Ukrainalik qochqinlar qo‘shni davlatlarda qanday kutib olinmoqda?
19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari
22:29 / 10.02.2022