Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Hindiston – Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni video-anjuman shaklida o‘tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan uchrashuv kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar, transport va logistika, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida do‘stlik munosabatlarini va ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan Dehli deklaratsiyasini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025