Sog‘lom turmush tarzi platformasiga 100 milliard so‘m ajratiladi

Foto: Kun.uz
“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida Davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarini ehtiyojga qarab koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan ta’minlash hamda “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar) budjetidan 350 million so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Qarorda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 4 turdagi kardiologiya uskunalari mavjudligi yuzasidan xatlov o‘tkazish hamda zarur bo‘lgan jihozlarning xaridi uchun respublika budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga markazlashgan tartibda ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 60 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan to‘lash to‘xtatilishi xabar qilingandi. Uning o‘rniga kuniga 10 ming qadam yurganlar orasidan jonli efirda o‘tkaziladigan lotereyada yutgan bir kishiga 100 mln so‘m va ming kishiga velosiped beriladi.
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025